Rasman: Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Rossiya chempionatiga yo'l oldi

Alisher
9 avg 2019
Moskvaning "Dinamo" klubi Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Maksimilian Filipp bilan shartnoma imzoladi.

Filippning Moskva klubi bilan tuzgan shartnomasi 4 yilga mo'ljallangan.

Maksimilian yangi jamoasida 5-raqam ostida harakat qiladi.

Xabar berilishicha, "Dinamo" o'yinchi uchun 20 million evro to'lagan.

Filipp 2018/19 yilgi mavsumni "Borussiya" safida o'tkazdi. U Bundesliga doirasida 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: https://twitter.com/FCDM_official