Rasman: "Dinamo" sloveniyalik xavbek transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2026
"Dinamo" 2026 yilgi yangi mavsum oldidan navbatdagi yangi legioner bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

"Dubayda yig'in o'tkazayotgan jamoamiz safiga Til Mavretich kelib qo'shildi. 28 yoshli sloveniyalik yarim himoyachi bilan 1 yillik shartnoma imzolandi. Mavretich so'nggi uch mavsumni Estoniya futboli grandi "Levadiya" safida o'tkazib, chempionat, Kubok, YCHL va Yevropa Konferenciya ligasi saralash bahslarida jami 102 o'yinda o'yinda maydonga tushgan. Xususan, so'nggi 2025 yilgi mavsumda 30 o'yinda 2 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

Markaziy yarim himoyachi faoliyati davomida Sloveniyaning "Interblok", "Gorica", "Tabor Sezana", Italiyaning S Seriyasi vakili "Monopoli" jamoalarida ham harakat qilgan", – deyiladi xabarda.

Avvalroq samarqandliklar urugvaylik futbolchini tarkibga qo'shib olgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати