

"Jamoamizning yetakchi himoyachilaridan biri Jaloliddin Jumaboev bilan ham amaldagi kelishuv 2026 yil oxirigacha uzaytirilganini mamnuniyat bilan ma'lum qilamiz. Jaloliddin Vadim Abramov qo'l ostida mavsum davomidagi ishonchli va barqaror o'yinlari bilan murabbiylar, muxlislar ishonchini oqladi hamda Dinamoning tarixdagi eng yaxshi natijasi takrorlanishiga katta hissa qo'shdi.
Ishonamizki, kelasi mavsumda ham Jumaboev barqaror o'yini, mehnatkashligi va gollari bilan Vadim Abramov boshqaruvidagi Dinamoning muvaffaqiyatlarida munosib hissa qo'shadi", - deb yoziladi klub bayonotida.



