Rasman: "Dinamo" fransiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi. Uning oxirgi klubi – "Ayachcho"

Administrator
16 dek 2025
25 yoshli Jesa Mabepa Ayessa "Dinamo" klubi futbolchisiga aylandi.

"Jesa Mabepa Ayessa – Dinamo futbolchisi

Dinamo jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

Klub 2026 yilgi yangi mavsum oldidan himoya chizig'ini ham kuchaytirishni rejalashtirgan. Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, Dinamo PFK fransiyalik 25 yoshli markaziy himoyachi Jesa Mabape Ayessa bilan bir yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Fransiyalik legioner klubimiz safiga erkin agent sifatida qo'shiladi.

Kelib chiqish kongolik Jesa Ayessa Fransiya fuqarosi sanalib, o'tgan yillar davomida Sosho, Gyonon, Romorantin, Le Pyui, 2025 yilda esa Fransiya 2-divizion vakili Ayachcho sharafini himoya qilgan. U ayachcholiklar safida 2024/25 yilgi mavsumda 25 o'yinda maydonga tushgan.

Ishonamizki, Ayessa o'z o'yinlari bilan jamoamiz muxlislarini quvontirib, O'zbekiston Superligasida ham nom qozona oladi.

Dinamo jamoasiga xush kelibsan, Jesa Ayessa!", -deyiladi "Dinamo" klubi matbuot xizmati bergan xabarda.


AdministratorMuallif
Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати

O'xshash yangiliklar