Rasman: Dilshod Komilov - "Qizilqum" o'yinchisi

Alisher
5 fev 2025
"Nasaf" sobiq o'yinchisi Dilshod Komilov faoliyatini Navoiyning "Qizilqum" klubida davom ettiradi.

"Yakunlangan mavsumda Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan himoyachi Dilshod Komilov endilikda "Qizilqum" sharafini himoya qiladi. Dilshod klub bir yillik shartnoma imzoladi. 

Futbolchiga yangi mavsumda omad va zafarli onlarni tilab qolamiz", - deyiladi klub xabarida.


→ Dilshod Komilovning keyingi klubi nomi ma'lum




AlisherMuallif
Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати