Rasman: "Chelsi" futbolchisi "Spartak"ka o'tdi

Mirjalol Normatov
15 okt 2020
Yarim himoyachi Viktor Mozes "Chelsi"dan "Spartak"ka o'tdi.

Moskva klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, futbolchi qizil-oqlar safida ijarada o'ynaydi. Bir mavsumdan keyin "Spartak" futbolchini sotib olish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Mozes yaqin vaqtlar ichida "Spartak" tarkibiga borib qo'shiladi.

Oldinroq Mozesning "Spartak"dagi ijarasi 3 mln evroga baholanayotgani aytilgandi.

O'tgan mavsumda Mozes ijara asosida "Inter" safida 12 o'yinda qatnashib, 5 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcsm