Rasman: "Chelsi" deyarli 40 million evrolik transferni amalga oshirdi

Alisher Ostonov
29 yanv 2023, 14:26
"Chelsi" "Lion" himoyachisi Malo Gyustoning transferini e'lon qildi.

London klubi francuz bilan 2030 yilning iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Gyusto mavsumning qolgan qismini "Lion"da ijarada o'tkazadi.

"Lion" "Chelsi"dan bitim uchun 35+5 million evro olishini xabar qildi.

19 yoshli o'yinchi joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, bitta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: chelseafc.com