

"22 yoshli markaziy yarim himoyachi Bilol Tupliev endi "temiryo'lchi".
"Buxoro" jamoasida ajoyib mavsum o'tkazgan, 37 o'yinda 3 gol va 1 assist qayd etgan Bilol Tupliev 2026-yilda jamoamiz sharafini himoya qiladi", – deyiladi "temiryo'lchilar" matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq "Lokomotiv" "Paxtakor"da deyarli o'ynamagan darvozabonni ortga qaytargandi. Bundan tashqari, klub Qirg'iz Respublikasining 2025 yildagi eng yaxshi futbolchisi va avstraliyalik bo'ydor o'yinchi bilan shartnoma tuzayotgani ma'lum qilingan edi.



