Rasman. "Buxoro" deyarli 2 metrlik legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Khoja
12 yanv 2026, 09:25
"Buxoro" yangi mavsum oldidan yana bir legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Buxoroliklar Tailandning "Rayong" jamoasi a'zosi Velko Filipovich bilan shartnoma imzoladi. 

Markaziy himoyachi chizig'ida faoliyat olib boradigan futbolchining bo'yi 1,97 metrni tashkil qiladi.

"Rayong" jamoasi Tailandning birinchi ligasi jamoasi hisoblanadi. Himoyachi joriy mavsum Tailand birinchi ligasida jami 12 ta bahsda maydonga tushgan. Transfermarkt nashri himoyachini 250 ming evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: @bukharapfc