Rasman. Borussiya to'purar hujumchi bilan shartnoma tuzdi

Khoja
19 iyul 2024
O'tgan mavsum Bundesliganing ikkinchi raqamli to'purari Seru Girassi faoliyatini Borussiyada davom ettiradi.

28 yoshli hujumchi bilan to'rt yillik shartnoma tuzildi. Gvineyalik hujumchining transferi uchun Borussiya Shtutgartga 18 million evro to'lab berdi.

Ma'lumot uchun, Seru Girassi o'tgan mavsum Bundesliga bahslarida 28 ta gol urib, to'purarlar poygasida Keyndan keyin ikkinchi bo'lgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com