Rasman: Beshta o'zgarish qilish muddati uzaytirildi

Eldor Akmurzayev
15 iyul 2020
Xalqaro futbol uyushmalari kengashi (IFAB) yangi qarorini e'lon qildi.

Unga ko'ra, uchrashuv vaqtida beshta o'zgarishni amalga oshirish muddati klublar o'rtasidagi musobaqalar uchun 2021 yilning 31 iyuligacha, xalqaro musobaqalar uchun esa 2021 yilning avgustigacha cho'zildi. Shuningdek, har bir liga mazkur qoidani joriy etish to'g'risidagi qarorni mustaqil ravishda qabul qilishi belgilab qo'yilgan.

2019/20 va 2020/21 yilgi mavsumlar o'rtasidagi tanaffus muddati odatdagidan kamroq bo'lishi va futbolchilarning tiklanishi hamda dam olishi uchun etarlicha vaqt bo'lmasligi sababli beshta zaxira imkoniyatini amalga oshirish qoidasini keyingi mavsumda ham foydalanishga kelishib olindi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru