

Martinsh yanvar oyidan boshlab ijara asosida "qizil-oqlar" safida harakat qilayotgandi. Tomonlar besh yillik kelishuvga erishdi.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli futbolchi Fransiya klubi safida o'tkazgan yarim mavsumida 17 bahsda qatnashdi va gol+pas sistemasi bo'yicha o'z hisobiga 4+4 natijani yozib qo'ydi.




