Rasman: “Atletiko Madrid”ning ikki a'zosi Xitoy klubiga o'tdi

27 fev 2018, 07:45
Madridning “Atletiko”ci yarim himoyachilari Nikolas Gaytan va Yannik Ferreyra Karrasko faoliyatlarini Xitoyda davom ettiradigan bo'ldi.

Argentinalik 30 yoshli va belgiyalik 24 yoshli futbolchi Xitoyning “Dalyan Ifan” klubiga ko'chib o'tdi.

Avvalroq xitoyliklar Nikolas Gaytan uchun 18 million evro, Karrasko uchun esa 30 million to'lashi aytilgandi.

Ma'lumot uchun Karrasko “Atletiko” uchun 124 uchrashuvda 23 gol urgan. Nikolas Gaytan Simeone jamoasi safida 49 o'yinda maydonga tushgan.


Manba: Marca.com