Rasman: Asror Aliqulov o'z arizasiga ko'ra "Qizilqum"ni tark etdi. Uning o'rnini Tachmurad Agamuradov egalladi

Administrator
11 may 2023, 00:04
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi rasman bosh murabbiy iste'fosini e'lon qildi.

"Xabaringiz bor, joriy mavsumni  jamoamiz qashqadaryolik mutaxassis Asror Aliqulov boshchiligida boshlagan edi. 

Bosh murabbiyning arizasiga ko'ra, Asror Aliqulov bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. “Qizilqum” klubi Asror Chorievichga minnatdorchilik bildiradi va keyingi faoliyatiga omad tilaydi.

Navoiylik muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan turkmanistonlik mutaxassis Tachmurad Agamuradov jamoa bosh murabbiy vazifasi bajaruvchi etib tayinlandi", -deyiladi klub bergan rasmiy bayonotda.


AdministratorMuallif
Manba: "Қизилқум" ПФК матбуот хизмати