Rasman: "Arsenal" Evro-2024 qahramonlaridan birini sotib oldi. Transfer narxi ma'lum

Administrator
27 avg 2024
London klubi ispaniyalik futbolchi transferini e'lon qildi.

"Real Sosedad" klubi yarim himoyachisi Mikel Merino rasman "Arsenal" klubiga o'tdi. London klubi futbolchi bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi. Merino "Arsenal"da 23-raqamda o'ynaydi. 

Avvalroq, "Arsenal" futbolchi uchun 33,5+5 mln evro to'lagani ma'lum qilindi. 

Eslatib o'tamiz, Mikel Merino Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo'lgandi. Merino Evro-2024 yarim final o'yinida 119-daqiqada Germaniya termasi darvozasiga g'alaba to'pini kiritib, jamoasini finalga olib chiqqandi.


AdministratorMuallif
Manba: arsenal.com