Rasman: APL kamida 30 aprelga qadar qoldirildi

Alisher
19 mar 2020
APL Angliyaning barcha professional ligalarini davom ettirishni kamida 30 aprelga qadar qoldirdi.

Ushbu qaror APL, Chempionship, Liga 1 va Liga 2 larga tegishli.

"Futbol associaciyalarining qoidalarida mavsum 1 iyundan kechiktirilmagan holda yakunlanishi kerak deb yozilgan. Ammo, FA rahbariyati mavsumni uzaytirishga qaror qildi.

Shuningdek, professional futbol o'yinlari kamida 30 aprelga qadar qoldirildi", - deyiladi liga bayonotida.

Dastlab, liga 4 aprelga qadar to'xtatib turilishi belgilangan edi.


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com