Rasman: Alisher Salimov - "So'g'diyona" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
10 yanv 2023
"So'g'diyona" qishki transferlar oynasida o'zining tarkibi kuchaytirishda davom etadi.

O'tgan mavsum "Lokomotiv" jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi "So'g'diyona" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Alisher Salimov 1999 yil 22 iyulda Kattaqo'rg'on shahrida tavallud topgan. U o'tgan mavsum "Lokomotiv" tarkibida 20ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo'ydi hamda 1366 daqiqa maydonda harakat qildi.

Futbolchi faoliyati davomida "Paxtakor" U18, "Paxtakor" U21, "Paxtakor", "Surxon", "Lokomotiv" jamoalarida to'p tepgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати