Rasman: Alirizo Beyranvand Belgiya jamoasiga ko'chib o'tdi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2020
Osiyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri Alirizo Beyranvand nihoyat legionerga aylandi.

JCH-2018da Eron termasi darvozasini qo'riqlagan posbon endi faoliyatini Belgiyaning "Antverpen" jamoasida davom ettiradi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, Beyranvand yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan.

U faoliyati davomida Texronning "Naft" va "Persepolis" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: royalantwerpfc.be