

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Marega jamoadagi Bafetimbi Gomis, Sebastyan Jovinko va Lusiano Vetto kabi yulduzlar bilan birga o'ynaydi.
Marega klub bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va yiliga 5 million evro maosh oladi.
30 yoshli malilik futbolchi Portugaliya klubida 2017 yilning yozidan beri to'p tepadi. Futbolchi joriy mavsum 45ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.






