

"Yangi mavsum oldidan oldiga yuksak maqsadlar qo'ygan "So'g'diyona" jamoasi tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.
Bugun klubimiz himoyachi Abdulaziz Abdurashidov bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2026 yil yakuniga qadar mo'ljallangan.
Faoliyati davomida Abdulaziz Abdurashidov "Lokomotiv", "Turon" va "Bunyodkor" jamoalari safida to'p surib, o'zini mehnatkash va ishonchli himoyachi sifatida namoyon etgan.
Abdulazizga jamoamiz safida barqaror o'yinlar, yorqin lahzalar va katta zafarlar tilaymiz!
Xush kelibsiz, Abdulaziz!", -deyiladi "So'g'diyona" matbuot xizmati xabarida.



