Rasman: A Seriya doirasida bugun o'tishi kerak bo'lgan bahs qoldirildi

Eldor Akmurzayev
2 mar 2021, 19:35
Buni Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina tasdiqladi.

Unga ko'ra, Italiya chempionati 25-turidan o'rin olgan “Lacio” – “Torino” uchrashuvi bugun o'tkazilmaydi. Bunga mehmonlarda koronavirus bilan bog'liq holatlar ko'paygani sabab bo'ldi. Avvalroq, 26 fevraldagi “Torino” – “Sassuolo” bahsi ham yuqoridagi sabab tufayli o'z vaqtida o'tkazilmagan va 17 martga ko'chirilgandi.

“Torino” 23 fevralda jamoaviy mashg'ulotlarni to'xtatgan. Jamoa A Seriya jadvalida 20 ochko to'plagan holda 17-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: gazzetta.it