Rashidov "Qatar SK" safida Madrid klubiga gol urdi

Alisher
31 iyul 2019
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov kuni kecha “Qatar SK” klubi a'zosiga aylanganidan xabaringiz bor.

Ayni paytda “Qatar SK” Madridda yig'in o'tkazmoqda. Ushbu yig'in 8 avgust kuni yakuniga etadi.  Unga qadar esa jamoa bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazadi.  

Bugun qatarliklar maxalliy  "Internasonal de Madrid" jamoasiga qarshi nazorat o'yini tashkil etishdi. Uchrashuvda "Qatar SK" 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, mazkur o'yinda "Qatar SK" safidagi yagona golga hamyurtimiz mualliflik qildi.



AlisherMuallif
Manba: ufa.uz