Raqibi boshiga urgan futbolchi maydondan chetlashtirilmadi

Sherzod Nurmatov
22 okt 2022
"Portu" klubi yarim himoyachisi Otavio o'yin paytida raqib jamoa o'yinchisiga shapaloq tushirdi, ammo qizil kartochkadan omon qoldi.

Portugaliyalik yarim himoyachi mamlakat chempionati doirasida "Portu"ning "Benfika"ga qarshi kechgan uchrashuvida Gonsalu Ramushga shapaloq urgandek ko'rinib, jazodan qutulib qoldi. Voqea juma oqshomida chempionlik uchun davogar ikki gigant o'rtasidagi to'qnashuvda sodir bo'ldi. 




Birinchi bo'limning o'rtalarida "Portu" futbolchisi Stiven Eushtakiuning maydondan chetlatilganidan keyin 10 kishi bo'lib qolgan jamoa uchun Otavioning noo'rin harakati yanada qimmatga tushishi mumkin edi. Ramush tarsaki zarbini to'liq his qilishga ulgurmasdan boshqa "Portu" a'zosi uni erga qulatdi. Shundan keyin "Benfika" futbolchilari tajovuzkorlarni o'rab olishdi. Otavioga kutilmaganda qizil kartochka tugul ogohlantirish ham berilmadi. Bu o'yinday keyin ijtimoiy tarmoqlarda futbol muxlislari ushbu vaziyatdan hayratda qolishdi. 

Bahs mehmonlar "Benfika"ning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakun topdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Star