Raneri "Roma" murabbiyi sifatida A Seriya tarixida birinchi bo'lib derbidagi 5ta o'yindan 5tasida g'alaba qozondi

Alisher
6 yanv 2025
Klaudio Raneri "Roma" murabbiyi sifatida "Lacio" bilan barcha derbida g'olib chiqdi.

"Jallorossi" kecha Raneri qo'l ostida A Seriya 19-tur doirasidagi "Lacio" (2:0)ga qarshi o'yinda g'olib chiqdi.

Raneri "Roma" ustozi sifatida Rim derbisidagi 5ta o'yindan 5tasida g'olib chiqdi. 73 yoshli mutaxassis A Seriyada buni uddalagan ilk murabbiy bo'ldi.

Raneri 2024 yilning noyabrida faoliyatida uchinchi bor "Roma"ni qabul qilib oldi. Rimliklar barcha musobaqalarda so'nggi 4ta o'yinda mag'lub bo'lishmayapti va 23 ochko jamg'argan holda A Seriyada 10-o'rinda borishmoqda.


AlisherMuallif
Manba: x.com/OptaPaolo