

Rossiya jamoasi sardori sifatida Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov bo'ldi. U o'z hisobiga bitta gol va bitta golli pas yozib qo'ydi.
Lider-65 safida JCH-2002 g'olibi, Oltin to'p-2005 sohibi braziliyaik Ronaldinyo, Rossiya terma jamoasi sobiq a'zolari Valeriy Karpin, Aleksandr Kerjakov, Roman Shirokov, Aleksandr Filimonov va boshqa futbolchilar o'ynashdi.
Bosh murabbiy Valeriy Gazzaev bo'ldi.
Italiya faxriylari tarkibida Salvatore Skilachchi, Marko Kassetti, Fabricio Ravanelli, Marko Delvekkio va boshqa o'yinchilar harakat qilishdi.
Rossiya jamoasi safida Qodirovdan tashqari Kerjakov, Shirokov, Ronaldinyo, Checheniston parlamenti vakili Magomed Daudov va Shimoliy Kavkaz vaziri Lev Kuznecov ham gol urishdi.
Italiyaliklardan uchala golni ham Marko Delvekkio urdi.




