

"Hurmatli do'stlar! Rossiya terma jamoasi bugun (kecha) tunda Grozniyga yetib keldi. Jamoa bosh murabbiyi Stanislav Cherchesovning takidlashicha, "Axmat-Arena" stadioni sevimlilarini juda yaxshi qo'llab quvvatlaydi.
Futbolchilarimiz Ruminiyaga qarshi bahsda yaxshi o'yin ko'rsatishiga ishonaman. Bugun Rossiya terma jamoasining qora kunlarini eslamasdan, uni birgalikda qo'llab-quvvatlash kerak. Biz g'alabaga ishonib, bu ishonchni futbolchilarga ulashishimiz lozim.
Yigitlar biz sizlarga ishonamiz!" - deb yozadi Kadirov o'zining "Instagram"ga joylagan surati ostiga.
Rossiya - Ruminiya bahsi ertaga bo'lib o'tadi.



