Ramush – JCHda xet-trikka erishgan to'rtinchi portugaliyalik

Eldor Akmurzayev
7 dek 2022, 09:55
JCH-2022 1/8 finalida Portugaliya TJ 6:1 hisobida Shveytsariyani “er tishlatdi”.

Uchrashuvda 3 ta to'p kiritgan Gonsalu Ramush mundialda xet-trikka erishgan to'rtinchi portugaliyalikka aylandi. 21 yoshli hujumchi 17, 51 hamda 67-daqiqalarda Yan Zommerni ojiz qoldirdi.

Avvalroq, JCHda xet-trik qilish Krishtianu Ronaldu (JCH-2018, Ispaniya – 3:3), Pedru Pauleta (JCH-2002, Polsha – 4:0) va Eysebioga (JCH-1966, Shimoliy Koreya – 5:3) nasib etgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia