Rakitich qishda "Barselona"ni tark etishi kutilmoqda, unga Italiya grandlari xaridor

Eldor Akmurzayev
12 okt 2019
Ivan Rakitich Barselonani qishki transferlar oynasi vaqtida tark etishi mumkin.

Yozda esa kataloniyaliklar futbolchini Yuventusga qo'yib yuborishmadi. Avvalroq, Rakitich Barselona shahri ko'chalari va sohillarida (plyaj) kun o'tkazgandan ko'ra, jamoada ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlayotgani haqida fikr bildirgan. 

Ko'k-anorranglilar 31 yoshli xavbekni turinliklar bilan birga Inter ham kuzatib borayotganidan xabardor. Lekin, klub qishga qadar xorvatiyalik futbolchining kelajagi borasidagi vaziyatni o'rganib boradi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS