Rakitich: "Neymarni "Real" futbolkasida ko'rmayman deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
29 noya 2017
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich Kataloniya klubi sobiq hujumchisi, hozirgi kunda PSJ sharafini himoya qilayotgan Neymar "Real"ga o'tmaydi deb umid qiladi.

"Barselona"dan olayotganingizni boshqa klub yoki shahar bera olmaydi. Neymarni faqatgina maydonda emas, kiyinish xonasida ham sog'indim. U ham shuni his qilayotganini Neymarning o'zi aytib bera oladi.

Neymar hozir jamoamizda bo'lishini istardim. Agar sexrli tayoqcham bo'lganida, uni qaytargan bo'lardim. Unga eng yaxshi niyatlarimni tilayman. Biroq uni hech qachon "Real" futbolkasida ko'rmaslikni umid qilaman, biroq futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin" - deydi Rakitich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo