Rafinya "Barselona"dan taklif kutmoqda. "Lids" yarim himoyachisi hali "Arsenal"ga o'tishga rozilik bergani yo'q

Sherzod Nurmatov
26 iyun 2022, 22:08
"Lids" yarim himoyachisi Rafinya Dias "Barselona"ga o'tmoqchi.

25 yoshli yarim himoyachi shu hafta agenti Deku bilan uchrashdi. Ularning ikkisi Kataloniya klubidan taklif kutishmoqda.

"Barsa"ning braziliyalik bo'yicha qarori Usmon Dembelening kelajagi bilan bog'liq bo'lib, u yangi shartnoma shartlari bo'yicha "ko'k-anorranglilar" bilan kelishmagan va iyul oyi boshida erkin agent sifatida boshqa jamoaga ketishi mumkin.

Rafinyaga "Lids"ga taklif bilan chiqqan "Arsenal" ham da'vogarlik qilmoqda. Biroq futbolchining o'zi hozircha London klubiga o'tishga rozi bo'lmagan.

Agar Dembele ketadigan bo'lsa, "Barselona" Rafinyaning transferi bo'yicha 50 million evrodan ko'p bo'lmagan pul evaziga muzokaralar olib borishga harakat qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport