Rafinya Alkantara akasi Tiago haqida: "U "Barselona"ga qaytishini istayman"

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2018
"Barselona" xavbeki Rafinya Alkantara uning akasi, "Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantara Kataloniya klubiga qaytishini istaydi.

"Tiago yana "Barselona"da o'ynashini istayman.

U "Barsa" o'yin uslubiga mos futbolchi va ko'pchilik bilan yaxshi tanish.

Kelajagim? To'g'risini aytadigan bo'lsam, bilmayman. Ko'p mish-mishlarni eshitdim, ammo ular haqida o'ylaganim yo'q.

Shunchaki futbol o'ynamoqchiman" - deydi Rafinya.

Oldinroq, Tiago Alkantara "Barselona"ga qaytmoqchi ekanligi, ammo "Bavariya" ko'k-anorranglilardan 70 mln. evro talab qilayotgani xabar berilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fotball Espana