Rafael Varan: “Lujniki” men uchun qadrli, bu erda Jahon chempioni bo'ldim!”

Aziz Tukhtamuradov
1 okt 2018
Xabar berganimizdek, bundan bir necha daqiqa avval Moskvada ertangi SSKA - “Real” o'yini oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Uning ilk qismida mehmonlar ustozi Xulen Lopetegiga himoyachi Rafael Varan hamrohlik qildi. Fransiya terma jamoasi a'zosi ertangi o'yin oldidan o'z fikrini shunday ifodaladi. 

“Lujniki” - bu men uchun alohida ahamiyatga ega, qadrli stadion. Bu erda men Jahon chempioni bo'ldim. Bir umrga qalbimda qoladi. Lekin hozir biz SSKA haqida o'ylayapmiz. Raqib juda kuchli. Ijobiy natijaga erishish uchun maksimum kuch bilan harakat qilishimiz shart. 

Shundagina istalgan raqibni mag'lub eta olamiz. Chempionatning so'nggi o'yinlaridagi omadsizlikni esdan chiqarganmiz. YCHL umuman boshqa darajadagi turnir. Unga boshqacha yondashish kerak. 

O'yin vaqti kech emasmi? Bu futbol o'ynash uchun qulay vaqt emas. Lekin qarorni biz qabul qilmaymiz. Bizdan shunchaki belgilangan vaqtga moslashish talab etiladi”, - dedi Varan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: