Radulovich "Al Jahra" bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2014
"Paxtakor"ning sobiq bosh murabbiyi Miodrag Radulovich Quvaytning "Al Jahra" klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Jahra shahri sharafini himoya qiluvchi jamoa o'tgan mavsumda Quvayt Premer-ligasida uchinchi o'rinni egalladi. Poytaxt Quvayt shahridan 32 kilometr uzoqlikda joylashgan shaharda 30 ming atrofida aholi istiqomat qiladi. Stadion esa 17 ming tomoshabinga mo'ljallangan.

Avvalgi mavsumda "Al Jahra" beshinchi pog'onadan o'rin olgandi. Radulovich Quvaytda "Kazma"ni 2012-13 yilgi mavsumda boshqargandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia