Radamel Falkao: Chelsi safida APL va YCHLda g'olib chiqmoqchiman

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2015
Monako hujumchisi Radamel Falkao Chelsiga ijaraga berilganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Chelsiga o'tganimdan xursandman. Ushbu klub safida Angliya premer ligasida va Yevropa chempionlar ligasida g'olib chiqmoqchiman, – deb yozadi Falkao o'z tvitterida.

O'tgan mavsumni 29 yoshli futbolchi Manchester Yunaytedda ijarada o'ynadi va 26ta o'yinda 4ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru