"Rad etish - tarixiy xato bo'ladi" - "Barselona" Superligada qoladi

Mirjalol Normatov
23 apr 2021
"Barselona" klubi nima sababdan Yevropa Superligasidan chiqib ketmaganligini aytdi.

"Barselona" - dunyoning eng katta klublaridan biri hisoblanadi. Ammo futbolda tizimni o'zgartirish, moliyaviy holatni yaxshilash va klubning hayotini yanada chiroyli qilish talab etiladi. Ayniqsa, klubning shunday ijtimoiy-siyosiy holati shunga taqozo etmoqda.

Shu boisdan klub direktorlari tezkor yig'ilish o'tkazib, Superligada tashkilotchi-a'zo sifatida ishtirok etishimizni takidlashdi. Turnirning maqsadi - sifatni oshirish va muxlislar e'tiborini yanada jalb qilish. Undan tashqari, ushbu turnir orqali futbol oilamiz yanada kengayishi ko'zda tutilgandi.

Barcha qarorlar mamnunlik bilan qo'lga kiritildi. Superligada ishtirok etishdan bosh tortish - tarixiy xato bo'lardi. Dunyoning eng oldi klublaridan biri sifatida biz yetakchilik qilishni, tashkilotning sport va ijtimoiy sohadagi bir qismi bo'lishni istaymiz", - deb yoziladi bayonotda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal