

Turin klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 27 yoshli yarim himoyachini yangi mavsum rejalariga kiritmagan. Shu sababli fransiyalik xavbek yozda jamoasini almashtirmoqchi.
Unga APL klublaridan takliflar bor. Ayni damda "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Nyukasl" xavbek borasidagi vaziyatni kuzatuvga olgan. "Yuve" futbolchisining transferidan 15 million evro ishlab olmoqchi.
Yakunlangan mavsumda Rabo "Yuve" tarkibida 45 o'yinda qatnashib, 2 golga assist bo'ldi.



