Rabo Evro-2020 oldidan Ronaldu unga nima deganini aytdi

Eldor Akmurzayev
5 iyun 2021
Fransiya TJ yarim himoyachisi Adrien Rabo “Yuventus”dagi jamoadoshi Krishtianu Ronalduning bo'lajak qita birinchiligidan oldin, uning aytgan gaplarini esladi.

“Biz Ispaniya – Portugaliya (0:0) bahsidan oldinroq gaplashgandik. U menga juda kuchli jamoamiz borligini aytdi, “Yuve”ning kiyinish xonasida Fransiya termasi haqida ko'p gaplashardik.

Shuningdek, u menga: “Bizdan ehtiyot bo'linglar”, deb ham aytgandi”, deydi Rabo.

Eslatib o'tamiz, Fransiya va Portugaliya Evro-2020da bitta guruhdan joy olgan. Ular o'rtasidagi uchrashuv esa 23 iyunga belgilangan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Get French Football News