Rabbim Hasanov murabbiylik faoliyatini boshladi

Narzulla Saydullayev
8 sen 2021
O'z vaqtida “Guliston”, “Buxoro”, “Andijon” hamda “Navbahor” klublari bilan O'zbekiston Superligasida to'p tepgan yarim himoyachi Rabbim Hasanov murabbiylik faoliyatini boshladi.

Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda, Hasanov "Yangier futbol mahorati maktabi"da jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis sifatida ish boshlagan. Bu erda barcha toifadagi guruhlar bilan ish yuritadi.

Eslatib o'tamiz, Hasanov joriy mavsumni Pro-Liga ishtirokchisi "Yangier" jamoasida boshlagan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia