Quvondiq Ro'ziev: "Bundan keyin safar yoki uy degan narsani unutib faqat g'alaba uchun o'ynaymiz"

Narzulla Saydullayev
22 avg 2020
Coca Cola Superliga 11-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" o'rtasidagi uchrashuvda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarining qo'li baland keldi.

Mazkur bellashuvdan so'ng qo'qonliklarning yetakchi futbolchisi, shu kuni maydonda katta hajmdagi ishni bajargan Quvondiq Ro'zievning fikrlari bilan qiziqdik.

"Lokomotiv" bilan o'yin biz uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Boisi 3ta uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayotgan edik. Agarda turnir jadvalida yuqori o'rinlarga ko'tarilib olishni istasak bu jamoani mag'lub etishimiz talab etilardi. Murabbiylarimiz bizga aniq ko'rsatmalarni berishdi, oxirigacha kurashish kerakligini takidlashdi. Birinchi bo'limda ko'proq to'pni nazorat qildik, ikkinchi bo'limda tezkor hujumchilarimiz o'yinni kuchaytirishga erishdi. Bu reja ish berdi deb o'ylayman.

Markazlashgan holatda o'tayotgan chempionatga moslashish qiyi bo'lmoqda demagan bo'lardim. Sababi vaziyat shuni taqozo etmoqda. Qo'qonda to'p tepish o'ziga yarasha zavqli va maroqli hisoblanadi. Xudo xohlasa muxlislarga to'la maydonda uy uchrashuvlarimizni o'tkazamiz. Bu kunlarga yaqin qoldi. Biz ham jonkuyar muxlislarimizni sog'indik. Safarda g'alaba qozonish albatta yoqimli, bundan keyin safar yoki uy degan narsani unutib faqat g'alaba uchun maydonga tushishimiz kerak.

Hozirgi holatim yaxshi, tahminan 20 kunga yaqin davolanish jarayonini boshimdan o'tkazdim. Shu sababli biroz qiynaldim. Koronavirusdan kasallanganlarni dardiga yaratgandan shifo berishini tilab qolaman",- deydi Quvondiq Ro'ziev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia