Quvaytga qarshi o'yin oldidan Chexiya termasi bosh murabbiyi koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
9 noya 2021, 00:53
Chexiya termasi bosh murabbiyi Yaroslav Shilgavi noyabr oyidagi FIFA kunlarida shogirdlariga yordam bera olmaydi.

"iDnes.cz" xabariga ko'ra, 60 yoshli mutaxassisda koronavirus aniqlangan. Shu orqali u navbatdagi 10 kunni izolyaciyada o'tkazadigan bo'ldi.

Chexiya termasi 11 noyabr kunida Quvaytga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazsa, 17 noyabr kuni JCH saralashida Estoniyaga qarshi o'ynaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: iDnes.cz