O'zbekiston futzal terma jamoasi nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi
Mirjalol Normatov
16 yanv 2026
Osiyo kubogi–2026 final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy futzal terma jamoasi O'FAga qarashli terma jamoalar markazida Quvayt terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Yopiq eshiklar ortida o'tgan bahsda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g'alaba qozondi.