

Biroq taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev "Futbolium" kanalida Kuvayt futbol associaciyasi musobaqani qabul qila olmasligini bildirgani haqida xabar e'lon qildi. Bu esa o'z-o'zidan Timur Kapadze murabbiyligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining rejalariga ta’sir qilishi tabiiy. Ushbu masala yuzasidan terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadzening fikrlari bilan qiziqdik.
OFK hozircha tasdiqlagani yo'q, lekin U-23 Osiyo chempionatiga saralash O'zbekistonda o'tishi mumkin
"Kuvaytdagi musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan edik. Chiptalar ham oldindan byuurtma qilingandi. Ketish arafasida edik. Bir necha kun oldin Quvayt futbol associaciyasi turnirni o'tkaza olmasligini bildirdi. Hozirda OFK mezbonlikni kimga berishni ko'rib chiqmoqda. O'zbekiston yoki Saudiya Arabistoniga mezbonlik berilishi mumkin. Bizga qolsa saralash bahslari yurtimizda o'tkazilgani yaxshi. Chunki hech qaerga parvoz qilmaymiz, uyda to'p tepamiz. Muxlislarning kirish ehtimoli bor. Bugun yoki ertaga mazkur masala hal bo'lishi kerak.
Rejamiz bo'yicha 20 oktyabr kuni kubok o'yinini o'tkazib 21 oktyabr kuni yig'ilishimiz kerak edi. Hozir musobaqa sanasi va joyi e'lon qilingach shunga qarab ish tutamiz. Hammasini vaqt ko'rsatadi",- deydi Timur Kapadze.
Abdulaziz Iskandarov



