Quvayt va Livan futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga yo'l olgan dastlabki ikki jamoa

Xayrulla Xoliqov
20 okt 2019
2020 yilning 24 fevral - 10 mart kunlari Turkmanistonda futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Hozirda mazkur musobaqaga saralash o'yinlari faqat G'arbiy mintaqada start olgan. Kelasi yil qita birinchiligida 16ta jamoa ishtirok etadi va yakunda kuchli beshlikdan joy olgan jamoalar 12 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Litvada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma olishadi. 

G'arbiy mintaqada kecha bo'lib o'tgan o'yinlardan so'ng Osiyo chempionatiga yo'l olgan dastlabki ikki jamoa nomi ma'lum bo'ldi. Bular - Quvayt va Livan. Ma'lumki, G'arbiy mintaqada saralash bahslari ikki guruhga bo'lingan holda o'tkazilyapti. 

Har bir guruhda birinchi-ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan, shuningdek 3-o'rin egalarining o'zaro bahsida g'olib chiqqan jamoa (jami 5ta jamoa) Osiyo chempionatiga boradi. Saralash bahslariga Bahrayn mezbonlik qilmoqda. 

Kecha garchand Quvayt mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, ikkinchi o'rindan pastga tushmasligi ma'lum bo'ldi. Livan esa Saudiya Arabistonini mag'lub etib Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

"A" guruhi - Quvayt, Iroq, Bahrayn, BAA, Falastin. 

"B" guruhi - Livan, Saudiya Arabistoni, Qatar, Ummon. 


"A" guruhi o'yinlar taqvimi: 

1-tur. 16 oktyabr

Quvayt - Falastin 7:1. BAA - Bahrayn 3:3

2-tur. 17 oktyabr

Falastin - Iroq 3:6. Quvayt - BAA 4:1

3-tur. 18 oktyabr

Iroq - Quvayt 1:4. Bahrayn - Falastin 4:1

4-tur. 19 oktyabr

BAA - Iroq 3:2. Bahrayn - Quvayt 2:0

5-tur. 20 oktyabr

Falastin - BAA, Iroq - Bahrayn


"B" guruhi o'yinlar taqvimi: 

1-tur. 16 oktyabr

Livan - Ummon 10:2. Qatar - Saudiya Arabistoni 2:5 

2-tur. 18 oktyabr

Ummon - Qatar 3:0. Saudiya Arabistoni - Livan 1:2 

3-tur. 20 oktyabr

Livan - Qatar, Saudiya Arabistoni - Ummon


Pley-off. 22 oktyabr

"A"-3 - "B"-3


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com