Qozog'istonlik futbolchi "Al Ayn"dagi debyut o'yinida assistentlikni qayd etdi

Mirjalol Normatov
2 fev 2020
"Qayrat"ning sobiq futbolchisi Baurjan Islomxon BAA Pro-Ligasi 15-turi doirasida "Al Vasl"ga qarshi o'yinda jamoasi tarkibida debyut qildi.

Uchrashuv 5:0 hisobida yakunlandi.

Bahsdagi so'nggi gol qozog'istonlik xavbekning ishtirokida sodir bo'ldi. 71-daqiqada maydonga tushgan futbolchi Jamol Marufning goliga assistentlik qildi.

27 ochko jamg'argan "Al Ayn" turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "Al Ahli"dan 8 ochkoga ortda qolmoqda.

"Al Ayn"ning navbatdagi uchrashuvi 7 fevral kuni Otabek Shukurov harakat qilayotgan "Sharja" jamoasiga qarshi o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia