Qozog'istondagilar "Real" bilan o'yin chiptasi bilan bog'liq firibgarliklardan xavotirda

Sherzod Nurmatov
4 sen 2025, 13:17
Qozog'iston policiyasi 30 sentyabr kuni Olmaota shahrida bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi doirasidagi "Qayrat" hamda Madridning "Real" jamoasi o'rtasidagi o'yinga chipta sotib olishda firibgarlik xavfi borligidan ogohlantirdi.

"Huquq-tartibot idoralari xodimlari chiptalarni faqat rasmiy kassalardan va licenziyaga ega distribyutorlardan sotib olishni qatiy tavsiya qiladi. Ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlarda oldindan to'lov talabi bo'lgan har qanday shubhali takliflar ogohlantirish belgisi bo'lishi kerak", – deyiladi IIV xabarida.

"Biz Olmaota aholisi va mehmonlarini ogohlantiramiz: bo'lajak o'yinga qiziqish ortgan sari firibgarlik sxemalari xavfi ham ortadi", – deyiladi ogohlantirishda.

Avvalroq Qozog'iston turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinov Chempionlar Ligasining umumiy bosqichiga doirasidagi "Qayrat" – "Real" o'yiniga 4-5 ming sayyoh kelishini ma'lum qilgandi.

Uchrashuv 30 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. "Qayrat" ilk bor Chempionlar Ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadi. Qozog'iston jamoalaridan faqat "Ostona" 2015 yilda buni uddalay olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ТАСС