Qozog'iston - Latviya o'yinidan so'ng tarjimon kulgiga qoldi (VIDEO)
Aslanov Jasurbek
16 noya 2018, 17:08
Qozog'iston hamda Latviya terma jamoalari o'rtasidagi Millatlar ligasi o'yinidan (1:1) so'ng o'tkazilgan matbuot-anjumanida qiziq voqea yuz berdi.
Tadbir paytida mahalliy tarjimon duduqlanishni va futbolchilar ismini adashtirishni boshladi. Bu holat mehmonlar hujumchisi Denis Rakel kulgisiga sabab bo'ldi. Futbolchi matbuot anjumani davomida o'zini tutib tura olmadi.