Qozog'iston Kubogi. "Ordabasi" "Aksu"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi, Abdumajidov 90 daqiqa o'ynadi, Umarov debyut o'yinini o'tkazdi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2022
Qozog'iston Kubogi 2-turidan o'rin olgan "Ordabasi" – "Aksu" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvda "Ordabasi"ning qo'li baland keldi. Ajablaranlisi, klub 7 daqiqa ichida 2 ta gol urishga erishdi va bu hisob bahs so'ngigacha saqlanib qoldi.

Mezbonlar safida himoyachi Odilbek Abdumajidov 90 daqiqa maydonda harakat qilgan bo'lsa, ushbu jamoa sharafini ijara asosida himoya qilayotgan BATE o'yinchisi Shahboz Umarov 66-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.

"Ordabasi" – "Aksu" 2:0

Shimkent. Kajimukan Munaytpasov nomidagi stadion

Gollar: Maksim Fedin penalti 10', Karam Sultanov 17'

"Ordabasi": Bekxan Shayzada (s), Odilbek Abdumajidov, Karam Sultanov, Sagadat Tursinbay, Sagadat Tursinbay (Shahboz Umarov, 66), Aleksandr Batishev, Akmal Baxtiyarov, Viktor Krishtiano Braga, Adilxan Dobay, Maksim Fedin (Batirxan Tajibay, 67), Vsevolod Sadovskiy

"Aksu": Marsel Islamkulov, Ular Jaksibaev, Islam Jilov (Damir Marat, 55), Kayrat Jirgalbek o'g'li, Artyom Popov, Gafurjan Suyumbaev (s), Mixail Bakaev (Jaslan Kairkenov, 54), Aslanbek Kakimov, Anatoliy Krasotin, Erkebulan Tungishbaev, Arman Smailov (Miras Turlibek, 69)

Ogohlantirish: Anatoliy Krasotin (16)

Chetlatish: Erkebulan Tungishbaev (37)


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia