Qozog'iston klubi o'zbekistonlik futbolchilar transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
27 fev 2025
Qozog'istonning "Turon" jamoasi matbuot xizmati bir necha futbolchilarning transferini e'lon qildi.

Ularning orasida o'zbekistonliklar va o'zbek futbolida o'ynab ketgan futbolchilar ham bor.

Klub  chap qanot himoyachisi Xurshid Muxtorov va markaziy yarim himoyachi Behruzbek Asqarovni o'z tarkibiga qo'shib oldi.

1994 yilda tug'ilgan Muxtorov "Neftchi"dan, 2003 yilda tavallud topgan Asqarov esa "Paxtakor"dan yangi jamoasiga borib qo'shildi.

Shuningdek, o'tgan mavsum davomida "Andijon" tarkibida harakat qilgan Vasiliy Sovpel hamda Luka Zgurskiy ham Qozog'iston jamoasiga o'tdi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/fc.turan