Qosimovning AGMKsi Berdievning "Nasaf"ini mag'lub etib, finalga yo'l olgan o'yindan GALEREYA

Tolibjon Qosimov
16 dek 2020
Bugun O'zbekiston kubogining yarim final bellashuvlari bo'lib o'tdi.

1/2 finalning ikkinchi bahsi Olmaliq shahrida o'tkazildi. Unda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Ro'ziqul Berdiev boshqaruvidagi "Nasaf"ni qabul qildi. Uchrashuv taqdirini qarshiliklarning sobiq o'yinchisi, bugungi kunda olmaliqliklar safida to'p tepayotgan Bahrom Abdurahimovning 16-daqiqada kiritgan yagona goli hal qildi. Shu tariqa, AGMK ketma-ket uchinchi yil O'zbekiston kubogi finalida ishtirok etadi. Qizig'i, bu safar ham ularga hal qiluvchi to'qnashuvda "Paxtakor" raqiblik qiladi. Olmaliqda o'tgan AGMK - "Nasaf" o'yinidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Foto: Tolibjon Qosimov

Olmaliqda o'tgan AGMK - "Nasaf" o'yinidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia