

Dunyoning 80 da ortiq mamlakatidan mehmonlar tashrif buyurishi kutilayotgan festivalga tayyorgarlik ishlari o'z yakuniga yetib bormoqda. Respublikamizning barcha viloyatlaridan hunarmandlar Qo'qon shahriga yetib kelishgan.
Barchangizga ma'lumki Qo'qon shahri o'zbek futbolining vatani hisoblanadi. Festivalga tashrif buyurgan mehmonlarga Qo'qon shahri o'zbek futbolining vatani ekanligi haqida ham ma'lumotlar berib boriladi. “Halqaro xunarmandlar festivali” doirasida Qo'qon shahrida halqaro futbol uchrashuvi ham bo'lib o'tadi.
“Qo'qon-1912″(O'zbekiston) – “Xo'jand” (Tojikiston) jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 11 sentyabr kuni , soat 17-00da “Markaziy” stadionida boshlanadi.
Uchrashuvga kirish bepul. Barcha aziz futbol muxlislarini “Markaziy” stadioniga taklif qilamiz !





